Bugun 24 fevral, 2025 yil, dushanba

КИР

Andijonda IIO sobiq xodimasining firibgarligi fosh bo‘ldi

Andijonda IIO sobiq xodimasining firibgarligi fosh bo‘ldi

Sudlanuvchi Shaxlo Shabayeva (ism shariflar shartli) 2019 yilning 30 yanvar kuniga qadar Andijon shahar IIO FMB tergov bo‘linmasi surishtiruvchisi lavozimida ishlagan. U aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, Marxamat tumanida yashovchi Xoldor Shokirovni ichki ishlarga ishga olib kirib qo‘yishini, IIBda ishlovchi tanishlari orqali hal qilishini aytib aldab, ishonchiga kirib, ishonchini suiiste’mol qilib, mansabdor shaxslarga pora berishga dalolat qilib, 21.674.320 so‘mga teng bo‘lgan 2.000 AQSh dollarni qo‘lga kiritib, pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab, firibgarlik qilgan.

Bundan tashqari Shaxlo Shabayeva, xizmat mavqeidan foydalanib, o‘zining firibgarlikda ifodalangan jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, Baliqchi tumanida yashovchi Fozil Karimovni ichki ishlarga ishga olib kirib qo‘yishini, IIBda ishlovchi tanishlari orqali hal qilishini aytib aldab, ishonchiga kirib, ishonchini suiiste’mol qilib, mansabdor shaxslarga pora berishga dalolat qilib, 23.841.752 so‘mga teng bo‘lgan 2.200 AQSh dollarni qo‘lga kiritib, pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab, firibgarlik qilgan.

Shuningdek, Shaxlo Shabayeva, xizmat mavqeidan foydalanib, o‘zining firibgarlikda ifodalangan jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, Marxamat tumanida yashovchi Yunus Komilovni Janubiy Koreya Respublikasiga ishga yuborishini aytib aldab, ishonchiga kirib, ishonchini suiiste’mol qilib, 24.925.468 so‘mga teng bo‘lgan 2.300 AQSh dollarni qo‘lga kiritib, pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab, firibgarlik qilgan.

Shaxlo Shabayeva, xizmat mavqeidan foydalanib, o‘zining firibgarlikda ifodalangan jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, Marxamat tumanida yashovchi Bahora Sharipovani Janubiy Koreya Respublikasiga ishga yuborishini aytib aldab, ishonchiga kirib, ishonchini suiiste’mol qilib, 24.925.468 so‘mga teng bo‘lgan 2.300 AQSh dollarni qo‘lga kiritib, pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab, firibgarlik qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorining 1-bandida “Sudlarning e’tibori jinoyat uchun jazo tayinlashda qonuniylik, insonparvarlik, odillik va javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga qat’iy amal qilishga qaratilsin” deb, 3-bandida “Jinoyat kodeksining 8,54-moddalari mazmuniga ko‘ra, jazo adolatli bo‘lishi - har bir holatda individual tayinlanishi, jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga, aybdorning shaxsiga, shuningdek, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarga muvofiq bo‘lishi kerak” deb tushuntirish berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016 yil 27 dekabrdagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 26-sonli Qarorining 26-bandida JK 168-moddasi beshinchi qismiga muvofiq, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplanishi ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llashni istisno etishi, shu sababli, zarar to‘liq qoplanmagan hollarda sudlar aybdorga nisbatan ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning maqsadga muvofiq-muvofiq emasligi masalasini muhokama qilishlari shartligi haqida tushuntirish berilgan.

Sud, Shaxlo Shabayevaga nisbatan jazo turi va miqdorini tayinlashda aybiga iqrorligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, ayol kishi ekanligini javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar deb, jinoyatlarni g‘araz niyatlarda sodir etganini javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat deb topib, uni shaxsini, sodir etgan jinoyatlarining ijtimoiy xavflilik darajasini, moddiy zarar qoplanmaganligini e’tiborga olib, unga nisbatan JK 168-moddasi 3-qismi, 28,211-moddasi 2-qismi sanksiyalari doirasida ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlashni, JK 59, 61-moddalariga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shib, jazoni uzil-kesil tayinlashni hamda unga muqaddam jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon tuman sudining 2021 yil 27 yanvardagi hukmi bilan tayinlangan shartli hukmni shartliligini bekor qilib, o‘talmagan jazo muddatini hozirgi hukmga qisman qo‘shib, uzil-kesil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni, jazoni JK 50-moddasi 8-qismining “b” bandiga asosan umumiy tartibli koloniyalarda o‘tattirishni lozim topadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorining 58-bandida “Agar, ish bo‘yicha mahkum boshqa jinoyatlarda ham aybdor ekanligi aniqlanib, ulardan ayrimlari birinchi hukm chiqarilgunga, boshqalari esa, hukm chiqarilgandan so‘ng sodir etilgan bo‘lsa, ikkinchi hukm bo‘yicha jazo avval birinchi hukm chiqarilgunga qadar sodir etilgan jinoyatlar majmui bo‘yicha, keyin JK 59-moddasining sakkinzinchi qismi qoidasiga ko‘ra, so‘ngra birinchi hukm chiqarilganidan keyin sodir etilgan jinoyatlar majmui bo‘yicha va oxirida bir necha hukm yuzasidan (JK 60-moddasi) uzil-kesil tayinlanadi” deb tushuntirish berilgan.

Sud, mazkur Plenum qarori tushuntirishidan kelib chiqib, Shaxlo Shabayevaga jazo tayinlashda uni sodir etgan jinoiy harakatlari muqaddam jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon tuman sudining 2021 yil 27 yanvardagi hukmiga qadar, shuningdek hukm chiqarilganidan keyin ham sodir etilganligini inobatga olib, unga JK 59-moddasining 8-qismi hamda 60-moddalariga asosan jazolarni qisman qo‘shib, uzil-kesil tayinlashni lozim topdi.

Sud, sudlanuvchi Shaxlo Shabayevaga nisbatan jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyat bo‘yicha aybiga iqrorligini, qilmishidan pushaymonligini, muqaddam sudlanganligini inobatga olib, unga nisbatan u ayblanayotgan moddalar sanksiyasida ko‘rsatilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Maxmudjon Ro‘zimatov,
jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ston tuman sudining raisi

Kiritildi: 10:49 31.08.2022. O'qildi: 2636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!