Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya hammasini ko‘rib turibdi

A A A
Rossiya hammasini ko‘rib turibdi

Rossiya Vashingtonning Ukrainadagi mojaro sabablarini aniqlashga bo‘lgan urinishlarini ko‘rib turibdi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Peskov.

Dmitriy Peskovning boshqa bayonotlari:

▪️Rossiya Federasiyasi Vashington bilan ikki tomonlama munosabatlarni qayta shakllantirish istagini qadrlaydi;

▪️Putin Vashington bilan aloqalari haqida hamkor davlatlarni xabardor qila boshladi;

▪️Biz bilan do‘stona aloqalarga ega bo‘lmagan mamlakatlardagi Rossiya diplomatik vakolatxonalarini himoya qilishni kuchaytirish talab etiladi, Moskva bunday choralar zarurligiga e’tibor qaratadi;

▪️Ukrainadagi mojaroning asl sabablarini tushunmasdan, uni to‘liq hal etish imkonsiz;

▪️Tashqi ishlar vazirligi Rossiya va AQSh o‘rtasidagi bo‘lajak muzokaralar tafsilotlarini ekspertlar darajasida ma’lum qiladi;

▪️Rossiya Yevropa Ittifoq bilan muloqotni qayta boshlash uchun hech qanday asos ko‘rmayapti;

▪️EI mamlakatlari, AQShdan farqli o‘laroq, Ukrainadagi mojaroni davom ettirish kerakligiga ishonch bilan qaramoqda;

▪️ YEIning Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalar paketini qabul qilishi oldindan kutilgan edi;

▪️Donald Trampning matbuot kotibi Kerolayn Livittning shu hafta tinchlik kelishuvi imzolanishi haqidagi bayonotiga aniqlik kiritish lozim;

▪️Kreml Germaniyada o‘tkazilgan saylovlar natijasini kuzatadi, shu bilan birga, Berlinning real vaziyatga yanada e’tiborliroq yondashishiga umid qiladi.

Kiritildi: 19:37 24.02.2025. O'qildi: 3407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!