Bugun 24 fevral, 2025 yil, dushanba

КИР

Bugun 3 kunga 3 yil bo‘ldi...

Bugun 3 kunga 3 yil bo‘ldi...

2022 yil 24 fevral kuni erta tongda rus qo‘shinlari Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinni boshladilar. Urush paytida ikkala tomon ham katta yo‘qotishlarga duch keldi va iqtisodiy oqibatlar butun dunyoga ta’sir qildi.

2024 yil dekabrida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari 43 ming harbiy halok bo‘lganini va yana 370 ming nafari yaralanganini aytgan edi. Rossiyaning yo‘qotishlari, Ukraina ma’lumotlariga ko‘ra, 750 ming kishidan oshadi, ulardan 198 ming kishi halok bo‘lgan va 550 mingdan ortig‘i yaralangan.

2024 yilda rus qo‘shinlari taxminan 4000 kvadrat kilometrni egallab oldilar, yil oxirida ularning oldinga siljishi sekinlashdi. Ukraina armiyasi Kursk viloyatining muhim qismini ushlab turishda davom etmoqda.

Yaqinda AQSh va Rossiya o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish shartlari bo‘yicha muzokaralar boshlandi. Zelenskiy Ukraina ishtirokisiz muloqotga qarshi chiqdi.

Kiritildi: Bugun 14:38. O'qildi: 1450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!