Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Natijada Kengashning 2023 yil 19 sentyabr kungi qaroriga asosan Andijon viloyatida foydalanilgan toza ichimlik suvi hamda ko‘rsatilgan oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlar qiymati o‘zgartiriladigan bo‘ldi. Unga ko‘ra, Andijon viloyatida suv ta’minoti va kanalizasiya xizmatlari uchun taklif etilayotgan narxlar qiymati quyidagicha:
Ichimlik suvi yetkazib berish narxi:
1) Aholi uchun 1 m3 – 1500 so‘m;
2) Byudjet tashkilotlari uchun 1 m3 -2400 so‘m;
3) Yuridik tashkilotlar uchun 1 m3 -3800 so‘m.
Oqova suv xizmati narxi:
1) Aholi uchun 1 m3 – 1500 so‘m;
2) Byudjet tashkilotlari uchun 1 m3 -2400 so‘m;
3) Yuridik tashkilotlar uchun 1 m3 -3200 so‘m.
Ijtimoiy tarmoqlarda: “O‘zbekistonda ertadan ichimlik va oqova suv narxlari 2 barobar qimmatlaydi. Jumladan, ichimlik suvi narxlari (1 metr kub) aholi uchun hozir 750 so‘mdan 1500 so‘mgacha ko‘tariladi”, mazmunida tarqatilayotgan xabarlar asossiz hisoblanib, ichimlik va oqova suv narxlari hozircha faqat Andijon viloyatida oshirilishi belgilangan va qaror e’lon qilingan kundan boshlab 15 kun o‘tgach kuchga kiradi.