Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Andijonda hujjatsiz sut mahsulotlari to‘xtatib qolindi

A A A
Andijonda hujjatsiz sut mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Andijon viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi hamda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining mutaxassis xodimlari tomonidan Bo‘ston tumanida iste’molga yaroqsiz oziq-ovqat, go‘sht mahsulotlarini aniqlash bo‘yicha reyd tadbirlar davom ettirilmoqda.

Bu haqda viloyat IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xabar bermoqda.

Ushbu reyd natijasida "Labo" avtomashinasi to‘xtatib tekshirilganida, plastmassa idishlarda 800 litrga yaqin hujjatsiz sut mahsulotlari olib ketilayotgani aniqlandi va laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Kiritildi: 16:01 15.10.2024. O'qildi: 1013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!