Bugun 9 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Andijonda hibsxona boshlig‘i ishdan olindi. U mahbuslarni majburlab ishlatgan

Andijonda hibsxona boshlig‘i ishdan olindi. U mahbuslarni majburlab ishlatgan

Andijon viloyati Izboskan tumani IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasining 6 nafar xodimiga nisbatan intizomiy choralar qo‘llandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur intizomiy chora joriy yilning mart oyida ushbu vaqtincha saqlash hibsxonasi (VSH)dagi sharoitlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra belgilangan.

Gap shundaki, o‘rganishlar natijasida hibsxonada sanitariya-gigiyena va moddiy-texnik ta’minotga oid jiddiy kamchiliklar, kanalizasiya tizimi bilan bog‘liq muammolar borligi va ayrim mahbuslarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlari qayd etilgan.

Ombudsman tomonidan ushbu holatlar bo‘yicha Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga kamchiliklarni bartaraf etish va shu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun tegishli choralar ko‘rilishini so‘radi.

Ombudsmanga ma’lum qilinishicha, monitoring yakunlariga ko‘ra 6 nafar xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan va ularga intizomiy choralar qo‘llanilgan. Jumladan, 1 nafar xodim Intizomiy kengash muhokamasiga qo‘yilgan, 2 nafar xodimga tanbeh, 2 nafariga esa hayfsan intizomiy jazolari berilgan. VSH rahbari esa Ichki ishlar organlaridan o‘z arizasiga ko‘ra bo‘shatildi.

«Hozirda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar boshlangan bo‘lib, ularning to‘liq hal etilishi bo‘yicha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) doimiy nazoratini olib boradi», – deyiladi xabarda.

Kiritildi: 17:04 06.08.2025. O'qildi: 723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!