Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Andijonda “Haj” ziyoratiga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Andijonda “Haj” ziyoratiga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Insonning eng pok niyatlaridan biri hisoblangan muqaddas “Haj” ziyoratini amalga oshirish istagini o‘z manfaatlari yo‘lida qurbon qilmoqchi bo‘lgan shaxsning rejasi chippakka chiqdi.

Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi, 1975 y.t. shaxs aldov yo‘li bilan 1996 y.t. fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari orqali uni va 1964 y.t. onasini bu yilgi “Haj” mavsumida Saudiya Arabistoniga ziyoratga yuborish evaziga har biri uchun 9 ming AQSh dollaridan, jami 18 ming dollar talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IJQK Departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 9 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ogoh bo‘ling! Firibgarlar tuzog‘iga tushib, nafaqat mablag‘ingizdan, balki yillab orzu qilgan ezgu niyatlaringizning amalga oshishidan ham mahrum bo‘lib qolmang.

Kiritildi: Bugun 14:35. O'qildi: 214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!