"O‘zenergoinspeksiya" Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Andijon shahrida joylashgan "D" MCHJ reaktiv quvvatni kompensasiya qilmasdan, elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 45-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 62 mln so‘m miqdorida moliyaviy sanksiya qo‘llanildi.
Ma’lumot o‘rnida: Reaktiv quvvat kompensasiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibini buzish yoki unga rioya etmaslik – isrof bo‘lgan elektr energiyasi miqdori qiymatining 50 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.