Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Andijonda dars vaqtida o‘quvchi o‘z o‘qituvchisiga musht tushirdi

Andijonda dars vaqtida o‘quvchi o‘z o‘qituvchisiga musht tushirdi

Voqea ishtirokchisi bo‘lgan o‘quvchi o‘qituvchisi uni haqoratlagani uchun shu ishni qilganini ta’kidlagan.

“Bu kun” dasturida xabar qilinishicha, bundan bir oy avval Andijon tumanidagi umumta’lim maktabida 10-sinfdagi dars vaqtida o‘quvchi va o‘qituvchi ishtirokida janjal sodir bo‘lgan.

Maktab mas’ulining aytishicha, o‘qituvchi o‘quvchining og‘zida saqich borligini sezgan va undan saqichni chiqarishini so‘raganda o‘quvchi og‘zida saqichi yo‘qligini aytib, kerak bo‘lsa kelib o‘zi olishini aytgan. Shundan so‘ng o‘qituvchi uning oldiga kelib saqichni olmoqchi bo‘lganda o‘quvchi o‘qituvchisi unga uni urayotgandek ko‘ringani uchun musht tushirgan. Ushbu voqeadan so‘ng o‘qituvchi va o‘quvchini yarashtirish ishlari olib borilgan va ish sudgacha olib chiqilgan.Tortishuv ishtirokchilari jarimaga tortilgan.

Menga saqiching bormi, dedi. Yo‘q, desam topib olsam u qilaman, bu qilaman deb haqorat qilishni boshladi. Bo‘pti topib olavering, desam kelib menga tashlanyapti. Men o‘zimni himoya qildim. Menga ikki marta shapaloq urdi. O‘rnimdan tursam, yana 2 marta shapaloq uryapti. Oshnalarimning oldida, hammaning oldida urib tashlayapti, — deydi o‘quvchi bola.

O‘qituvchiga nisbatan hayfsan berilgan.

Kiritildi: 22:05 21.05.2025. O'qildi: 1184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!