Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Andijonda Damas yo‘lda ketayotgan traktorga borib urildi

Andijonda Damas yo‘lda ketayotgan traktorga borib urildi

Andijon viloyatining Jalaquduq tumani “Sharxoncheki” MFY hududidan o‘tgan yo‘lda 10 aprel kuni soat 13:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi T.X. Damas’da oraliq masofa saqlamasdan, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan traktorning orqa qismiga borib urilgan.

Hodisa oqibatida Damas haydovchisi olgan tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB YHXG mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:08 11.04.2025. O'qildi: 830 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!