Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Andijonda bog‘cha mudirasi o‘z joniga qasd qildi

A A A
Andijonda bog‘cha mudirasi o‘z joniga qasd qildi

Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarni Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov tasdiqladi.  Ya’nikim, shu yilning 4 may kuni soat 15.00 chamasida mudira yashash xonadonida o‘zini osib, o‘z joniga suiqasd qilishi ortidan tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch bo‘limiga yotqizilgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi hamda  viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasiga xizmat tekshiruvlari tayinlangan, tergovga qadar tekshirish harakatlari davom etirilmoqda.

Mudiraning o‘z joniga qasd qilishi sabablariga oid urchigan gap-so‘zlarga oydinlik kiritilgan holda huquqiy baho beriladi.

Kiritildi: 17:14 09.05.2020. O'qildi: 10472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!