Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Andijonda bir nechta kadastrchilar ishdan olindi

A A A
Andijonda bir nechta kadastrchilar ishdan olindi

Bir necha kun oldin Davergeodezkadastr qo‘mitasi raisi Abdushukur Abdullayev Qashqadaryo viloyatida o‘tkazgan yig‘ilishida 10 nafar rahbar va xodimlarni egallab turgan vazifasidan ozod etgani to‘g‘risida xabar bergandi...

Qo‘mita raisi Andijon viloyati  er resurslari va davlat kadastri rahbar hamda xodimlari ishtirokidagi yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda darakchi.uz saytiga O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mita raisining matbuot kotibi-axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi Ne’mat Atamuratov xabar qildi.

Unda o‘z vazifalariga sovuqqonlik bilan qarab sohaga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlamaganliklari va tumanda yetarli darajada ishni tashkil etmaganligi uchun Ulug‘nor, Jalaquduq va Shaxrixon rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

 

Shuningdek yer maydonlaridan foydalanishni nazorat qilish ishlari va xatlovlar yakuni bo‘yicha tumanda yetarli darajada ish tashkil etmaganligi uchun Izboskan, Qo‘rg‘ontepa tumanlari hamda Andijon shahar filial rahbarlariga intizomiy jazo berildi.

 

Yig‘ilishda qo‘mita raisi bo‘sh turgan yer maydonlarini “Auksion” savdolariga qo‘yish Andijon viloyatida «qoniqarsiz» xolatda ekanligi, viloyatda 6500 gektar atrofida bo‘sh turgan yer maydonlari mavjudligiga qaramasdan noqonuniy ravishda uy-joylar va ijtimoiy ob’ektlar qurilishi asosan ekin yerlarda amalga oshirilayotganligi jiddiy tanqid qildi.

Eng og‘riqli masala korrupsiya xususida to‘xtalib Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha «Andijon usuli»ni tashkil etish va Respublikada namuna bo‘lishga chaqirildi.

Manba: darakchi. uz

Kiritildi: 06:45 03.03.2020. O'qildi: 2278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik