Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Andijonda bedarak yo‘qolgan qiz bir oydan buyon qidirilmoqda

Andijonda bedarak yo‘qolgan qiz bir oydan buyon qidirilmoqda

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida 1 may kuni bedarak yo‘qolgan qiz bir oydan buyon qidirilmoqda. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Xo‘jaobod tumani “Mustaqillikning 27 yilligi” MFYda yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan Mavluda Matkarimova 2023 yilning 1 may kuni soat 17:00 lar atrofida yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmagan. Ushbu bedarak yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida biror ma’lumotga ega bo‘lganlardan 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.

Shuningdek, qizning onasi ijtimoiy tarmoq orqali unga murojaat qilib uyga qaytishini iltimos qilgan.

“Qizim Mavluda, ukalaring, men, dadang — hammamiz xavotirdamiz. Seni juda ham sog‘indik. Iltimos, uyga qayt, jon qizim. Qarindosh-urug‘lar ham hammasi seni so‘rashyapti”, — deya yig‘lab murojaat qilgan ayol.

Kiritildi: 00:26 31.05.2023. O'qildi: 3815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!