Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Andijonda aliment qarzi evaziga xonadon berildi

A A A
Andijonda aliment qarzi evaziga xonadon berildi

Xo‘jaobod tumanida aliment to‘lovchi ota aliment qarzlari va oldindan to‘lov evaziga farzandlari uchun o‘z xonadonini o‘tkazib berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudining 16.06.2014 yildagi ijro hujjatiga binoan qarzdor U.S. undiruvchi M.S. foydasiga uch nafar farzandi ta’minoti uchun aliment to‘lashi belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Xo‘jaobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi qarzdor bilan tushuntirish ishlari olib borib, aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lab borishi haqida ogohlantirgan va o‘rtalaridagi uch nafar farzandning voyaga yetguniga qadar bo‘lgan aliment to‘lovlarini hisoblab, uning miqdorini ma’lum qilgan.

Aliment to‘lovchi ota 25 mln. so‘mdan ortib ketgan aliment qarzlari va 7 yillik oldindan to‘lov evaziga o‘z xonadonini o‘tkazib berishini ma’lum qilgan hamda taraflar o‘rtasida kelishuv bitimi tasdiqlangan.

Shunday qilib, chetga chiqish istagida yurgan ota sobiq turmush o‘rtog‘ining nomiga xonadon hujjatlarini rasmiylashtirib berdi. Aliment undiruviga oid ushbu ijro hujjatining ijrosi to‘liq yakunlandi.

Kiritildi: 16:40 04.11.2024. O'qildi: 1077 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!