Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Andijonda 680 ming so‘mlik qarzdorlikni 34 mln so‘m deb ko‘rsatgan elektromontyor ushlandi

Andijonda 680 ming so‘mlik qarzdorlikni 34 mln so‘m deb ko‘rsatgan elektromontyor ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘rg‘ontepa tumani “So‘fi qishloq” - podstansiya navbatchi elektromontyori F.X. fuqaro F.D.ning Jalaquduq tumani, “Namuna” MFY hududidagi xonadonida elektr energiyasidan 680 ming so‘mlik qarzdorligini 34 mln so‘m deb yolg‘on ko‘rsatib, 17 mln so‘m bersa ushbu qarzdorlikni yo‘q qilib berishini va’da qilib, 17 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:51. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!