Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Andijonda 41 milliard so‘mlik dori sexi qarzdorlik sabab auksionga chiqariladi

Andijonda 41 milliard so‘mlik dori sexi qarzdorlik sabab auksionga chiqariladi

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida tijorat banklaridan olingan kreditlar o‘z vaqtida to‘lanmagan hollarda, qarzdorlikni qoplash uchun garovga qo‘yilgan mulkka nisbatan majburiy choralar qo‘llaniladi.

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi ish yurituvida bo‘lgan sud hujjatlariga muvofiq, qarzdor mas’uliyati cheklangan jamiyat hisobidan undiruvchi AT “Aloqabank” foydasiga jami 42,3 milliard so‘m miqdoridagi kredit qarzi undirilishi belgilangan.

Sud hujjatlariga asosan undiruvni garovdagi javobgarga tegishli bo‘lgan dori vositalari ishlab chiqarish sexi bino va inshootlari, ishlab chiqarish uskunalari hamda uy-joylarga qaratish belgilangan.

Byuroning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ijro harakatlari amalga oshirilib, qarzdorlarga belgilangan tartibda ogohlantirishlar berildi. Ijro jarayoni davomida boshlang‘ich bahosi 41,5 milliard so‘m bo‘lgan dori vositalari ishlab chiqarish sexi dastgohlar jamlanmasi bilan birgalikda, shuningdek, umumiy bahosi 3,3 milliard so‘m bo‘lgan to‘rtta uy-joy xatlandi.

Hozirda xatlangan mol-mulklarni elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 21:35 13.11.2025. O'qildi: 706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!