Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 312 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, nodavlat ta’lim muassasasiga qarashli noturar binoda gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish orqali tabiiy gazdan qonunga xilof ravishda foydalanilgan.
Holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun materiallar vakolatli organlarga taqdim etilgan.