Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Andijonda 25 yoshli ayol norasmiy erini o‘ldirib, hojatxonaga tashlab yubordi

Andijonda 25 yoshli ayol norasmiy erini o‘ldirib, hojatxonaga tashlab yubordi

Andijon shahrida yashovchi ayol mudhish jinoyat sodir etdi. Bu haqda «Daryo»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 14 fevral kuni fuqaro A.K. Andijon shahar prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. Fuqaro o‘z murojaatida Toshkent shahrida yashayotganligi sababli ukasi M.K. bilan aloqa qilmay qo‘yganligi, uni izlab yashab kelayotgan xonadoniga kelganda uni topa olmaganligini bildirgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida 2019 yil 3 may kuni soat 21:00 larda Andijon shahri «Bog‘ishamol» mahallasida yashovchi M.K. (1972 yilda tug‘ilgan, ishchi) sha’riy nikohdagi turmush o‘rtog‘i 1995 yil tug‘ilgan ayol X.X. bilan o‘zaro janjallashib, X.X. uni sintetik ip yordamida bo‘ynidan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirganligi, murdasini uyining hojatxona chuquriga tashlab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 16 fevral kuni shahar prokuraturasi tomonidan X.X. ushlanib, unga nisbatan JKning 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 16:08 17.02.2020. O'qildi: 5341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!