Sattarov Davronbek Xasanboyevich Paxtaobod tumani hokimi etib tayinlandi.
Davronbek Sattarov 1984 yilda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida tug‘ilgan.
U 2005 yil Andijon davlat tillar pedagogika institutini (kunduzgi), 2020 y. O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi akademiyasini (kunduzgi) tamomlagan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Andijon viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat olib borgan.