Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Andijon viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

Andijon viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

O‘zenergoinspeksiya Andijon viloyat hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Oltinko‘l tumanida fuqaro X. S. ga qarashli novvoyxonada hisoblagichdan tashqari yashirincha shlang orqali tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra 385,4 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:40 12.11.2025. O'qildi: 657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!