Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Andijon viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Andijon viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT “M.O.” “Qumguzar” MFY hududidagi hammomida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 169,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Andijon shahri bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.H.” oilaviy korxonasi mas’ul shaxslari mehmonxona binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 166,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:17 16.10.2025. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!