Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Andijon turmasi boshqa joyga ko‘chiriladi

Andijon turmasi boshqa joyga ko‘chiriladi

Shahar markazida 100 yil oldin qurilgan ushbu tergov hibsxonasi shahar chekkasiga ko‘chirilishi, uning o‘rnida zamonaviy ko‘ngilochar savdo va servis markazi barpo etilishi belgilandi.

Andijon viloyatining Andijon shahrida joylashgan “Andijon turmasi” nomi bilan tanilgan 3-sonli tergov hibsxonasi ko‘chiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 16 aprel kuni viloyatda kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, shahar markazida 100 yil oldin qurilgan ushbu tergov hibsxonasi shahar chekkasiga ko‘chirilishi, uning o‘rnida zamonaviy ko‘ngilochar savdo va servis markazi barpo etilishi belgilandi. Negaki kundan-kunga shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shilib turgan vaqtda bunday “sovuq” binoning markazda bo‘lishi noto‘g‘ri ekani qayd etildi.

Bundan tashqari, Prezident mutasaddilarga tadbirkorlar bilan uchrashib, yangi marshrutlar va viloyat sharoitiga mos avtobus rusumlarini aniqlab, taklif berishni topshirdi.

Kiritildi: 14:50 16.04.2025. O'qildi: 927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!