Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Andijon shahridagi "snos" bo‘yicha viloyat prokuraturasi nima deydi?

Andijon shahridagi "snos" bo‘yicha viloyat prokuraturasi nima deydi?

HUMAN.UZ saytining rasmiy kanalida joriy yilning 7 may kuni e’lon qilingan Andijon shahar Cho‘lpon shox ko‘chasi 12, 14-sonli ko‘p kvartirali turar-joy binosining buzilishi yuzasidan viloyati prokuraturasi ham o‘z munosabatini bildirdi:

Andijon shahar prokuraturasi tomonidan 06.05.2020 yilda “Youtube” ijtimoiy tarmog‘iga “Andijoncha snos, uy buzilmoqda, odamlar esa yashamoqda, kompensasiya yo‘q” nomli e’lon qilingan maqola yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Jumladan, 07.05.2020 yilda Andijon shahar hokimligining qurilish bo‘limi, Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri shahar filiali hamda shahar qurilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan ishchi guruh tuzilib, joyiga chiqib o‘rganilganida, Andijon shahar A.Navoiy hamda Cho‘lpon-shoh ko‘chalarining tashqi ko‘rinishini tubdan yaxshilash ularni zamonaviy shaharsozlik talablariga mos keltirish, ko‘p qavatli uylarni qurish, muhtoj aholining arzon ko‘p qavatli uylarga bo‘lgan yuqori talab-ehtiyojini yanada to‘laqonli qondirish maqsadida, shahar hokimining 25.01.2019 yildagi 47-sonli qarorini ijrosini ta’minlash yuzasidan shahardagi Cho‘lpon-shoh ko‘chasida joylashgan 12-14-sonli ko‘p qavatli, eskirgan turar-joy binolari o‘rniga Xalq deputatlarining Andijon shahar Kengashining 27.04.2020 yildagi 29/4-6-sonli qaroriga asosan “Zero-Max House” MCHJga 9-12 qavatli zamonaviy loyihalar asosida turar-joy binolari qurilishiga ruxsat etilganligi aniqlandi.

Shuningdek, yuqoridagi binolar buzilishi munosabati bilan Cho‘lpon-shoh ko‘chasi 12-uyda yashovchi 28 ta xonadon egalari va 14-uyda yashovchi 24 ta xonadon egalari belgilangan tartibda shahar hokimligi, Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri shahar filiali tomonidan bir necha marotaba  ogohlantirilganligi hamda ko‘chirib joylashtirish, tovon pullari to‘lab berilishi va buzilishi bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha tegishli tushuntirish ishlari olib borilganligi ma’lum bo‘ldi.

Shu bilan birga o‘rganishda, hozirda Cho‘lpon-shoh ko‘chasida 12-uyda yashovchi 80 foiz xonadon egalari bilan kelishuvga erishilgan bo‘lib, qolgan
20 foiz xonadon egalari, yashash xonadoni uchun qimmat bahoda pul mablag‘lari yoki noturar bino-inshootlari berilishini talab qilayotganliklari sababli kelishuvga erishilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Jumladan, 12-uyning 10-xonadonida yashovchi fuqaro E.Nurulov 29.500 AQSh dollari, 21-xonadonda yashovchi I.Sarimsoqov va A.Sarimsoqovlar noturar bino-inshootlarini, 23-xonadonda yashovchi M.Tojiboyev 25.000 AQSh dollari miqdorida pul mablag‘larini talab qilganliklari uchun quruvchi tashkilot rahbari bilan shu kunga qadar kelishuvga erishilmagan.  

Shunga ko‘ra, hozirda Andijon shahar hokimligi tomonidan yashash xonadoni uchun qimmat bahoda mablag‘ hamda noturar bino-inshootlarini talab qilgan yuqoridagi fuqarolarning yashash xonadonlari belgilangan tartibda baholatish uchun baholash xizmatiga talabnoma loyihasi tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari, tuzilgan ishchi guruh tomonidan “Zero-Max House” MCHJ rahbari bilan suhbat o‘tkazilib, unga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.11.2019 yildagi 911-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Er uchastkalari olib qo‘yilishi bilan va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlari mulkdorlariga kompensasiya berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga asosan ish olib borishligi tushuntirilgan.

O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi ta’minlanadi.

  Andijon viloyati prokuraturasi

Kiritildi: 19:44 11.05.2020. O'qildi: 2859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!