Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Andijon shahridagi avtobuslarda ham naqd pul bilan to‘lov qilish bekor qilinadi

Andijon shahridagi avtobuslarda ham naqd pul bilan to‘lov qilish bekor qilinadi

2026 yil 1 yanvardan boshlab Andijon shahridagi avtobuslarda naqd pul qabul qilish amaliyoti to‘xtatiladi.

Elektron to‘lov turlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar yo‘l haqi to‘lovini 2100 so‘m evaziga amalga oshirishi mumkin.

Yo‘lovchilarga to‘lovni bank kartalari, mobil ilovalar, ATTO transport va virtual kartalari orqali amalga oshirish tavsiya qilinmoqda.

Yo‘l haqini naqd pul bilan to‘lash uchun bevosita bekatlar va ularga yaqin hududlarda o‘rnatilgan Paynet, MultiPay yoki Oson infokiosklaridan 3000 so‘m evaziga bir martalik QR-chipta xarid qilish zarur bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 16:28. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!