Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Anchelotti Shomurodov jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin

Anchelotti Shomurodov jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin

«Roma» klubi rahbariyati Karlo Anchelottini jamoa boshqaruviga olib kelishni rejalashtirgan.

Joriy mavsum davomida rimliklarni uch nafar murabbiy – Daniele De Rossi, Ivan Yurich va hozirda Klaudio Raniyeri boshqarmoqda. Italiyalik tajribali mutaxassis yozda klubni tark etadi.

As nashrining xabar berishicha, «Roma» o‘z mavqeini tiklash uchun tajribali mutaxassisga ishonch bildirmoqda. Klub rahbariyati hozirda «Real»ni boshqarayotgan Anchelottini asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Klub egalari – Fridkinlar oilasi Karloni jamoaga kelishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Anchelotti «Roma»ga begona emas, u 1979-1987 yillar davomida jamoa sharafini himoya qilgan.

Biroq, Anchelotti «Real»da maksimal darajada uzoq qolishni xohlamoqda va Madrid klubidan ketganidan so‘ng faoliyatini yakunlashi mumkinligini ham istisno etmayapti.

«Roma» 23 turdan keyin 31 ochko to‘plab, A Seriya jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 09:59 05.02.2025. O'qildi: 1197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!