Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Anchelotti "Real" xo‘jayiniga yozda sotib olinishi kerak bo‘lgan to‘rt futbolchini aytdi

Anchelotti "Real" xo‘jayiniga yozda sotib olinishi kerak bo‘lgan to‘rt futbolchini aytdi

Madridning "Real" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottidan yozda "qaymoqlilar" sotib olishi kerak bo‘lgan futbolchilar borasida fikrini so‘radi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis himoya va yarim himoya pozisiyalarini kuchaytirish zarurligini ta’kidlamoqda. Anchelotti Angliya chempionatida o‘ynayotgan to‘rt futbolchini nomini aytdi: Vilyam Saliba ("Arsenal"), Manuel Akanji ("Manchester Siti"), Aleksis Mak Allister ("Liverpul") va Sandro Tonali ("Nyukasl").

Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, yangi futbolchilarni sotib olish bo‘yicha yakuniy qarorni "Real" prezidenti Florentino Peres, klub bosh direktori Xose Anxel Sanches va "qaymoqlilar"ning bosh skauti Yuni Kalafat qabul qiladi.

Kiritildi: 11:49 25.04.2025. O'qildi: 959 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!