"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining fikricha, hujumchi Kilian Mbappe "El Klasiko"da muhim rol o‘ynaydi.
"Mbappe "Barselona"ga tahdidmi? U bu o‘yinda juda muhim o‘yinchi bo‘ladi, chunki "Barselona" juda yuqori himoya chizig‘iga ega. Mbappening harakatlari juda muhim va asosiy bo‘ladi. Rodrigo? Uning ozgina isitmasi bor, lekin u tuzalib ketadi. Bizda bir hafta bor. Bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarli bo‘ladi", - dedi Anchelotti jurnalistlarga.
"Barselona" - "Real Madrid" uchrashuvi 11 may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.