Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Anchelotti JCH-2026 favoritlari haqidagi savolga javob berdi

Anchelotti JCH-2026 favoritlari haqidagi savolga javob berdi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bo‘lajak 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati favoritlarini sanab o‘tdi.

«Fransiya, Braziliya, Argentina, Ispaniya, Portugaliya, Angliya... jamoalar ko‘p. Lekin hech kim mukammal emas. Biz ular bilan raqobatlasha olamiz va raqobatlashamiz ham», — deya Anchelottining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda UOL.

JCH-2026 guruh bosqichida Braziliya terma jamoasi «C» guruhida Marokash, Gaiti va Shotlandiya jamoalari bilan o‘ynaydi. Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 13:51. O'qildi: 213 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!