Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Ana xolos! Xorazmda talaba qiz kollej binosidan turmushga uzatildi

Ana xolos! Xorazmda talaba qiz kollej binosidan turmushga uzatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Feysbuk ning Xorazm va xorazmliklar guruhida talaba qizning turmushga chiqarilishi bilan bog‘liq video tarqaldi, deb yozmoqda Kun.uz.

Videolavhaga shunday izoh berilgan (mazmun saqlangan holda tahrirlandi): Urganch Tibbiyot kolleji direktori Muborak opa Ahmedova savobli bir tashabbus ko‘rsatdi. Kollejda tahsil oluvchi chin yetim talaba qizni o‘z qiziday qilib uzatdilar, shahar hokimligi boshchiligida, kollej ma’muriyati va mahalla faollari ishtirokida xalqqa osh berildi. Bunday savob ishlarni qilish har kimning ham qo‘lidan kelmaydi. Eng qizig‘i, qizni kollej binosidan yor-yor sadolari ostida, boshqa qizlar kuzatuvida uzatdilar. Kuyovnavkarlar ham kollejga kelishdi. Muborak opani hamisha Alloh qo‘llasin. Xayrli ishlarga qo‘l uribsiz, savobidan bahramand bo‘lib yuring .

Kiritildi: 21:24 20.04.2019. O'qildi: 4290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!