Jahon chempionati guruh bosqichi uchinchi tur doirasida bo‘lib o‘tgan Eron hamda Portugaliya o‘rtasidagi o‘yin ancha murosasiz kechdi. Qolaversa, mazkur o‘yinda bahsli holatlar ham kuzatildi.
Ana shunday holatlardan biri Ronaldu bilan bog‘liq bo‘ldi. Portugaliyaliklar yetakchisi vaziyatlardan birida Eron futbolchisini tirsagi bilan turtib yubordi, bosh hakam esa dastlab parvo qilmadi, ammo keyin videotakror tizimidan foydalangach, Ronalduga sariq kartochka ko‘rsatdi. Biroq ma’lumotlarga ko‘ra, videoassistent Enrike Kaseresga Krishtianuga qizil kartochka ko‘rsatish kerakligini aytgan. Ammo bosh hakam bunga jur’at eta olmagan va sariq kartochka bilan kifoyalangan.