Bugun 6 dekabr, 2019 yil, juma

КИР

Ana xolos! Prezidentning qarindoshlari Moskvada 20 ta hashamatli uy sotib olgan

Ana xolos! Prezidentning qarindoshlari Moskvada 20 ta hashamatli uy sotib olgan

Suriya prezidenti Bashar Asadning qarindoshlari Rossiya poytaxtida joylashgan “Moskva-Siti” hududida yigirmata hashamatli xonadonlarni sotib olgan. Bu haqda "azon.uz" xabar tarqatdi.

The Financial Times nashrining yozishicha, oxirgi olti yilda xarid qilingan bu uylarning narxi 40 million dollarga teng. So‘nggi xarid joriy yilning iyunida amalga oshirilgan. Uylar “Poytaxtlar shahri” majmuasida joylashgan bo‘lib, mazkur majmua biri 73 va ikkinchisi 65 qavatli ikki binodan iborat.

Uylarning egalari orasida Bashar Asadning xolavachchasi – 48 yoshli Hafiz Mahluf ham bor. U Xavfsizlik bosh boshqarmasi Damashq bo‘limining sobiq rahbaridir. Bundan tashqari, Hafizning Rami ismli akasining xotini va kelini ham Rossiya poytaxtida uy olgan.

Kiritildi: 17:47 12.11.2019. O'qildi: 9365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!