Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ana xolos! Pora bilan qo‘lga tushgan shifokor IIB xodimiga pora taklif qildi

A A A
Ana xolos! Pora bilan qo‘lga tushgan shifokor IIB xodimiga pora taklif qildi

Xorazm viloyati Hazorasp tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli bo‘limlardan birining rahbari pora olish va pora berish jinoyatlari bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, shifokor shu bo‘limda ishlab kelayotgan hamshiradan kelgusida ham o‘z faoliyatini davom ettirishni hohlaydigan bo‘lsa, 50 AQSh dollari berishini talab qiladi. 

Hamshira o‘z rahbarining noqonuniy hatti-harakatlari to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tegishli tartibda murojaat qiladi. Talab qilingan 50 AQSh dollarini olayotgan bo‘lim boshlig‘i (shifokor) jinoyat ustida qo‘lga olinadi.

Mazkur holat yuzasidan shifokorga nisbatan firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgan paytda u o‘ziga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining dastlabki tergov harakatlarini olib borayotgan Hazorasp tumani IIB tergov bo‘limi boshlig‘iga 500 AQSh dollari miqdorida pora taklif qildi. 

Tergov bo‘limi boshlig‘ining bu haqda o‘z rahbariyatiga bergan axborotiga asosan, o‘tkazilgan tadbir jarayoni, ishni o‘zining foydasiga hal qilishlikni so‘rab, 400 AQSh dollarini pora tariqasida berayotgan shifokorning kirdikorlari fosh etildi.

Shifokorga nisbatan prokuratura organlari tomonidan qo‘shimcha ravishda Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi (Pora berish) bilan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: uz24.uz

Kiritildi: 15:32 28.08.2018. O'qildi: 1870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik