Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Ana xolos! Odamlar tuxum sotib olish uchun soatlab navbat kutmoqda (video)

Ana xolos! Odamlar tuxum sotib olish uchun soatlab navbat kutmoqda (video)

So‘nggi vaqtlarda Ashxobod shahrining Paraxat-7 mikrotumanidagi poytaxt bozorida tovuq tuxumlarini sotib olishni istagan xaridorlar tonggi soat 04:00 dan navbatga turmoqda. Bozor darvozalari soat 06:00 dan ochiladi va tuxum savdosi ham shu vaqtda boshlanadi. Tuxumlar kishi boshiga 11 tadan bir donasi uchun 5 manat narxida sotilmoqda. Narxning bunday belgilangani sotuvchilarning mijozlarga tezda qaytim berishi uchun qilingan. Bu haqda «Xronika Turkmenistana» nashri xabar berdi.

Odamlar bozor darvozasidan tuxum savdosi nuqtasiga yetib borguniga qadar navbat palapartish holatga kelib, baqir-chaqir va janjallar boshlanib ketmoqda. Tuxum tez sotib bo‘linmoqda va hamma ham uni olishga ulgurmayapti.

«Ushbu hodisalardan bir necha daqiqa oldin bozor janubiy darvozasida 30 tadan 60 tagacha paketda tuxum ushlagan davlat do‘konlari sotuvchilarning qarindoshlarini uchratish mumkin. Ular navbatda turmaydi va 11 talik cheklov ularga taalluqli emas», — deya qayd etgan nashr.

 

Savdoning erta boshlanishini sotuvchilar «rahbariyat gavjum navbatni ko‘rmasligi va janjallarni eshitmasligi uchun qilinayapti» deya izohladi. Sotuvchilarga ham soat 04:00 dan ishga chiqish yoqmayapti, ammo iloj qancha.

Tovuq go‘shtining davlat narxidagi savdosi bilan bog‘liq vaziyat ham tuxum sotuvi bilan deyarli bir xil. Import tovuq go‘shti mahsulotlari (tovuq oyoqlari) ayni vaqtda sotuvda yo‘q.

Kiritildi: 16:03 25.09.2019. O'qildi: 4174 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!