Sal avval MMAdan ketganini e’lon qilgan irlandiyalik jangchi o‘zi mag‘lubiyatga uchragna raqibi Nurmagomedov haqida haqoratli so‘zlar yozishda davom etmoqda. Bu safar u Habibning rafiqasini sochiq deb atadi.
Konor Makgregor o‘zining tvitterdagi sahifasida Habib Nurmagomedovning to‘y suratini e’lon qildi. Suratda rossiyalik sportchining rafiqasi milliy an’analarga ko‘ra, yuzini qalin matoli fata bilan yopib olgan.
- Sening xotining sochiq, - deb yozdi Makgregor ijtimoiy tarmoqda.
Lekin irlandiyalik bu postni darhol o‘z sahifasidan olib tashlagan, ammo foydalanuvchilar uni suratga olishga ulgurib qolishdi.
Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Makgregor Habibni kalamush deya haqorat qilgan edi.
life.ru