Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Ana xolos! Hammamiz koronavirusga chalinamiz, ammo...

Ana xolos! Hammamiz koronavirusga chalinamiz, ammo...

AQShda istiqomat qilib kelayotgan dunyoga mashhur yurak jarrohi Metmet O‘z 22 mingdan ortiq kishining yostig‘ini quritgan koronavirus haqida kutilmagan bayonot bilan chiqdi. Uning qayd etishicha, butun dunyo aholisi istisnosiz ushbu kasallikka chalinadi va hech qanday vaksina foyda bermaydi. Bu haqda "qalampir.uz" yozmoqda.

“Koronavirusga qanchalik kech chalinsak, shuncha yaxshi. Unga qarshi vaksina topilgan bo‘lsa ham u mutasiyaga uchraganda har gal o‘z funksiyasini yo‘qotadi. Gripp vaksinalari ham shunday. Sizni faqat o‘tgan yillardagi gripp viruslaridan himoya qiladi, yangilaridan emas. Shuning uchun to‘liq himoya qilolmaydi”, deydi shifokor.

Uning qayd etishicha, inson organizmi ushbu viruslar bilan kurashishga bardoshli immunitetga ega.  

“Ta’kidlaganimdek, barchamiz ushbu virusga chalinamiz. Hatto, oramizda ko‘pchilik allaqachon virusni yuqtirib oldi, ammo buni sezmadi ham. Ular kasallikdan omon qoldi. Ularning tanasi allaqachon viruslar bilan yashashga odatlangan yoki virus bu tanada yashay olmay, boshqa tanaga ko‘chib o‘tgan”, deydi Mehmet O‘z.

Tananing viruslarga chidamliligini ta’kidlagan Mehmet O‘z viruslarga nisbatan immunitetni mustahkamlashda nimalarga e’tibor qaratish kerakligiga to‘xtalib, shunday deydi: 

“Tananing viruslarga qarshiligi muhim hisoblanadi. Birinchi omil – sport va harakat. Keyingisi esa sog‘lom ovqatlanish. Ayniqsa, meva va sabzavotlar, jumladan sarimsoq, yogurt, qatiq va ko‘k choyga e’tibor qaratish lozim”.

Shifokor so‘zlari so‘nggida odamlarga o‘zini karatinga olishni maslahat berib, virusni eng kech yuqtirganlarning tuzalish imkoniyati yuqoriligini aytdi. Gigiyena qodilariga va ozodalikka rioya qilish zaruratini eslatdi. 

Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtga qadar dunyo miqyosida koronavirusni yuqtirib olganlar 486 702 kishini tashkil etmoqda. Virusdan 22 020 kishi vafot etdi. 117 446 kishi ushbu xastalikdan tuzaldi. 

Kiritildi: 16:46 26.03.2020. O'qildi: 15976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!