Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ana xolos! 14 yanvardan Windows 7 tizimi o‘rnatilgan kompyuterlar virusga to‘ladi

Ana xolos! 14 yanvardan Windows 7 tizimi o‘rnatilgan kompyuterlar virusga to‘ladi

Windows 7 operasion tizimining yaratilganiga 10 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan 2020 yil 14 yanvardan boshlab tizim muomaladan olib tashlanadi.

Microsoft kompaniyasining ma’lum qilishicha, Windows 7 o‘rnatilgan kompyuterlar ishlashda davom etaveradi. Ammo ularga texnik yordam ko‘rsatilmaydi.

Shuningdek, tizimga dasturiy ta’minot ko‘rsatilmaydi va xavfsizlik tizimlari yangilanmaydi. Bundan chiqdi, Windows 7 o‘rnatilgan kompyuterlar virusga to‘lishi aniq.

Kompaniya mijozlarga Windows 10 tizimiga o‘tishni maslahat bermoqda. «Himoyalanishning eng yaxshi yo‘li Windows 10 sistemasini o‘rnatishdir. Yangi gadjetlarga o‘rnatilsa, ushbu tizim ham katta imkoniyatlar eshigini ochadi», - deydi kompaniya vakillari.

Kiritildi: 11:15 05.01.2020. O'qildi: 3464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!