Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ana bo‘lmasa! Minskni AQSh poytaxti qilishni taklif qilindi

Ana bo‘lmasa! Minskni AQSh poytaxti qilishni taklif qilindi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 2021 yilda keyingi Yevropa-AQSh yengil atletika o‘yinlarini ham Minskda o‘tkazishni taklif qildi va o‘yinlar vaqtiga Minsk AQSh poytaxti bo‘lishini aytdi.

Navbatga ko‘ra, Yevropa va AQSh o‘rtasidagi keyingi o‘yinlar AQShda o‘tishi kerak. Biroq Lukashenkoning ta’kidlashicha, 2021 yilda AQShda yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi, qoidalarga ko‘ra esa bir yilda bir davlatda ushbu ikki musobaqani o‘tkazish mumkin emas.

“Ikki yildan keyin, agar bizga topshirsangiz, biz bunday uchrashuvni yanada yuqori darajada o‘tkazamiz. Men sizga va’da beraman, Minsk 2 yildan keyin AQSh poytaxtiga aylanadi”, deb murojat qilgan Lukashenko yengil atletika federasiyalari rahbarlariga.

Belarus prezidenti o‘z taklifini tushuntirib bergan.

“Siz bizni go‘yoki Amerikani qo‘shib olmoqchi bo‘layotganlikda gumon qilmasligingiz uchun tushuntiraman: agar bizga ishonib topshirsangiz, musobaqa kunlari Minsk AQSh poytaxti bo‘ladi, chunki uchrashuvni AQSh o‘tkazishi kerak”, deb o‘z taklifiga oydinlik kiritgan Lukashenko.

Belarus rahbari bu borada 2020 yilda ham prezidentlik musobaqalarida g‘olib bo‘ladigan Donald Tramp bilan kelisha olishini ta’kidlab o‘tgan.
Hozirda Minskda Yevropa va AQSh o‘rtasida yengil atletika o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Kiritildi: 05:25 11.09.2019. O'qildi: 3832 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!