Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"An-Nasr" Portugaliya terma jamoasining yana bir yetakchisiga taklif bilan chiqdi

"An-Nasr" Portugaliya terma jamoasining yana bir yetakchisiga taklif bilan chiqdi

"An-Nasr" klubi Brunu Fernandeshni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Saudiya klubi so‘nggi bir necha soat ichida yarim himoyachi bilan bog‘lanib, transfer imkoniyatini muhokama qildi, deb xabar beradi A Bola.

Qayd etilishicha, "An-Nasr"da Jorje Jezush va Krishtianu Ronalduning bo‘lishi portugaliyalikni ishontirishi mumkin. Murabbiy qo‘l ostida Brune o‘tmishda "Sporting"da debyut qilgan. Bundan tashqari, yaqinda jamoaga uning terma jamoadagi sherigi Joau Feliks ham kelib qo‘shildi.

"Manchester Yunayted" o‘z sardorini saqlab qolmoqchi, ammo saudiyaliklar futbolchini sotib olish uchun pulni ayamaydi.

Ta’kidlanishicha, payshanba kuni klublarning ehtimoliy bitim bo‘yicha muzokaralari uchun hal qiluvchi kun bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 11:12 02.08.2025. O'qildi: 898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!