Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Amorim boshchiligidagi "MYu" 15 ta o‘yinning 7 tasida mag‘lub bo‘lgan

A A A
Amorim boshchiligidagi "MYu" 15 ta o‘yinning 7 tasida mag‘lub bo‘lgan

Ruben Amorim qo‘l ostidagi "Manchester Yunayted" g‘alabalardan ko‘ra ko‘proq mag‘lub bo‘ladi.

Bugun mankunianliklar APLning 22-turida "Brayton"ga imkoniyatni boy berishdi (1:3). Bu o‘yin ularning portugaliyalik murabbiy qo‘l ostidagi 15-o‘yini bo‘ldi.

"Manchester Yunayted" bu o‘yinlarning yettitasida mag‘lub bo‘ldi, yana ikkitasida durang o‘ynadi va oltitasida g‘alaba qozondi (jumladan, Angliya kubogida "Arsenal" ustidan penaltidan g‘alaba qozongan).

"Yunayted" 23 yanvar kuni Yevropa ligasi doirasida "Reynjers"ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 01:43 20.01.2025. O'qildi: 736 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!