Bugun 9 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Amerikaning Gulf Oil kompaniyasi O‘zbekistonda 100 ga yaqin AYOQSh ochmoqchi

Amerikaning Gulf Oil kompaniyasi O‘zbekistonda 100 ga yaqin AYOQSh ochmoqchi

Avvalroq O‘zbekneftgaz va AQShning Gulf Oil kompaniyasi butun mamlakat bo‘ylab avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini barpo etishni ko‘zda tutuvchi $100 mlnlik memorandumni imzolagani haqida yozgandik.

Loyiha to‘liq ravishda xorijiy ta’sischi tomonidan amalga oshiriladi. Bu ma’lumotni O‘zbekiston Energetika vazirligining matbuot xizmati taqdim etdi.

Xususan, mamlakatning barcha hududlarida 100 tagacha yoqilg‘i quyish shoxobchasi barpo etish rejalashtirilgan. Birinchi navbatda, yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish doirasida, asosiy magistral yo‘llar bo‘ylab yoqilg‘i quyish shoxobchalari ishga tushiriladi.

Yoqilg‘i umumiy belgilangan qoidalar bo‘yicha Tovar-xomashyo birjasida (O‘zRTXB) xarid qilinadi, shuningdek, import bo‘yicha mustaqil ravishda olib kiriladi.

“O‘zbekneftgazdan alohida imtiyozlar yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishlar bo‘lmaydi”, — deya ta’kidladi Energetika vazirligi.

Vazirlik O‘zbekneftgazning tanlanishini Amerika kompaniyasiga O‘zbekiston hududida loyihani amalga oshirish uchun davlat hamkori zarurligi bilan izohladi.

Kiritildi: 23:35 04.10.2025. O'qildi: 2080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!