Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Amerikaliklar Ukraina va Rossiya ishtirokida muzokaralarning ehtimoliy yangi formatini taklif qildi

Amerikaliklar Ukraina va Rossiya ishtirokida muzokaralarning ehtimoliy yangi formatini taklif qildi

"AQSh Rossiya vakillari bilan alohida uchrashuv o‘tkazishini bildirdi. Amerikaliklar quyidagi formatni taklif qildi: Ukraina, AQSH, Rossiya va ehtimol Yevropa ham", — dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.

Vladimir Zelenskiyning boshqa bayonotlari:

◾️ Hozircha tinchlik kelishuvi yo‘q va u umuman bo‘lmasligi ham mumkin. Kelishuv faqat qog‘ozda emas, balki yetakchilar tomonidan imzolanganda va urush to‘xtatilgandagina mavjud bo‘ladi;

◾️ Ukraina tomonidan nazorat qilinmayotgan, vaqtincha bosib olingan hududlarda saylovlar o‘tkazilishi mumkin emas. Ular qanday o‘tkazilishi aniq. Rossiya avval natijani e’lon qiladi, keyin esa ovozlarni sanaydi. Ular doimo shunday qilishgan, hatto o‘z ichki saylovlarida ham;

◾️ Ukraina Tashqi ishlar vazirligi xorijda saylovlarni o‘tkazish uchun zarur infratuzilmani yaratish ustida ish boshlagan;

◾️ Agar Rossiya reparasiyalar to‘lasa, Ukraina 90 milliard yevrolik kreditni qaytaradi;

◾️ Saylovlarni o‘tkazish uchun o‘t ochishni to‘xtatish yoki urushni tugatish zarur;

◾️ Barcha fuqarolar, jumladan frontdagi harbiylar ham ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘lishi muhim;

◾️ Tinchlik urushdan yaxshiroq, ammo har qanday narx evaziga emas. Biz allaqachon juda katta to‘lov to‘ladik.

Kiritildi: 20:50 21.12.2025. O'qildi: 480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!