Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Amerikaliklar orasida Trampning migrasiya siyosatini ma’qullash darajasi 39 foizgacha pasaydi

Amerikaliklar orasida Trampning migrasiya siyosatini ma’qullash darajasi 39 foizgacha pasaydi

Reuters va Ipsos o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich Donald Trampning prezidentlik lavozimiga qaytganidan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Qayd etilishicha, so‘rovnoma ishtirokchilarining 53 foizi Trampning siyosatini ma’qullamaydi, 58 foizi ICE agentlari qonunbuzarliklarga chek qo‘yishda haddan oshib ketgan deb hisoblaydi. 12 foizining esa ko‘rilayotgan choralar yetarli emasligiga ishonchi komil.

Minnesotada noqonuniy muhojirlarga qarshi uyushtirilgan reyd davomida shu paytgacha 2 nafar namoyish ishtirokchisi ICE agentlari tomonidan otib o‘ldirildi. Bu shtatda norozilik to‘lqinini keltirib chiqardi.

Kiritildi: Bugun 15:55. O'qildi: 219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!