BAA o‘zining havo, quruqlik yoki dengiz makonidan Eronga qarshi biron bir harbiy harakatlar uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi.
Bu haqda BAA Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.
"Biz BAAning Eronga qarshi biron bir harbiy harakatlar uchun o‘zining havo, quruqlik yoki dengiz makonidan foydalanishning oldini olish va bu borada hech qanday logistika yordamini ko‘rsatmaslik majburiyatini yana bir bor tasdiqlaymiz”, deyiladi bayonotda.
Vazirlik BAA hozirgi inqirozlarni hal qilishning eng samarali asoslari muloqot, keskinlikni kamaytirish, xalqaro huquqqa rioya qilish va davlat suverenitetiga hurmat ekanligi haqidagi pozisiyaga sodiq qolishini ta’kidladi.
Tashqi ishlar vazirligi mamlakat nizolarni faqat diplomatik yo‘llar bilan hal qilishda qat’iy turishini ta’kidladi.