Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston Xitoy bilan durang o‘ynadi

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston Xitoy bilan durang o‘ynadi

BAAda yig‘ini o‘tkazayotgan Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi bugun Xitoyga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Bahsning birinchi bo‘limi xitoyliklarning ustunligi ostida o‘tdi hamda ular 12 va 20-daqiqalarda ikkita gol urishdi.

Jamoamiz esa ikkinchi bo‘lim so‘ngida ikkita gol urib, hisobni tenglashtirishdi. 90+1-daqiqada Javohir Husanov ilk golni urgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan 15-daqiqada Behruz Karimov ikkinchi golga mualliflik qildi.

O‘rtoqlik o‘yini
O‘zbekiston - Xitoy - 2:2
Gollar:
Xitoy 12ʼ (penalti), 20ʼ — Javohir Husanov 91ʼ, Behruz Karimov 105ʼ.

O‘zbekiston milliy jamoasi 30 yanvar kuni Armanistonning «Urartu» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 21:57 26.01.2026. O'qildi: 415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!