Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Amerikalik sportchi yopiq inshootlarda 3000 metrga yugurish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

Amerikalik sportchi yopiq inshootlarda 3000 metrga yugurish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi


Amerikalik yengil atletikachi Grant Fisher AQShdagi turnirda yopiq inshootlarda 3000 metrga yugurishda jahon rekordini o‘rnatdi.

Fisher masofani 7 daqiqa 22,91 soniyada bosib o‘tdi. U 7 daqiqa 23,81 soniyani tashkil etgan va 2023 yilning fevralidan beri efiopiyalik Lamecha Girmaga tegishli bo‘lgan jahon rekordini ortda qoldirdi.

Yaqinda o‘tkazilgan musobaqada ikkinchi o‘rinni amerikalik Koul Xoker egalladi, u ham avvalgi jahon rekordidan yuqori natija ko‘rsatdi - 7 daqiqa 23,14 soniya.

Shuningdek, AQShdagi musobaqadan so‘ng milya yugurish bo‘yicha rekord yangilandi (1609 metr). Jahon rekordini 3 daqiqa 46,63 soniyada marraga yetgan amerikalik Yared Nuguse qo‘lga kiritdi. Uning hamyurti Xobbs Kessler ikkinchi bo‘ldi (3:46,90). Avvalgi jahon rekordini efiopiyalik Yomif Kejelcha 2019-yilning mart oyida o‘rnatgan edi – 3 daqiqa 47,01 soniya.

Kiritildi: 15:24 09.02.2025. O'qildi: 1427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!