Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Amerikalik muzokarachilar Moskvaga yetib keldi

Amerikalik muzokarachilar Moskvaga yetib keldi

AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kushnerning samolyoti Moskvaning Vnukovo aeroportiga qo‘ndi, deb xabar bermoqda RIA Novosti .

Biroz oldin AQSh prezidenti Donald Tramp "Ular mojaroni tugatish bo‘yicha taklif bilan bormoqda", deb xabar bergan edi.

Shuningdek Tramp "ikkita ajoyib muzokarachi"ni yuborganini va kelishuvga erishish ehtimoli katta ekanini ta’kidladi, lekin reja tafsilotlarini oshkor qilmadi. Tramp aytishiga ko‘ra, bu "taklifning o‘zi yangilik emas, biroq bu safar hammasi narsa yaxshi bo‘lishiga katta imkoniyat bor".

Ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, Uitkoff va Kushner 5-6 sentyabr kunlari Moskva va Kiyevga tashrif buyurishadi. Kreml tashrifni rasman e’lon qilmadi: Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov uchrashuv tafsilotlari u bo‘lib o‘tgandan keyin e’lon qilinishini aytdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1 sentyabr kuni Ukrainadagi kelishuv bo‘yicha muzokaralar jarayoni "bugungi kunga kelib ma’lum darajada muzlatilganini" aytgan edi. Shu bilan birga Rossiya yetkchisi Moskva "muzokaralar jarayoniga ijobiy o‘zgarishlar kiritishga qodir bo‘lgan" har qanday kishi bilan muloqotga tayyor ekanligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: Bugun 15:45. O'qildi: 833 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!