2007 yilning yozida amerikalik ayol Madlin-Mishel Karten ismli ayil o‘zining o‘limi haqida xabar topdi.
52 yoshli Karten universitetda o‘qiyotganda «o‘lganini» bildi. Vebster universitetining biznes texnologiyasi talabasi xalqaro amaliyot dasturiga qabul qilindi. Xarajatlarni qoplash uchun moliyaviy yordam so‘raganida unga ijtimoiy sug‘urta raqami vafot etgan shaxsga tegishli ekani aytilgan.
Ushbu ma’lumotdan so‘ng, Karten Ijtimoiy xavfsizlik boshqarmasi bilan bog‘landi. Ma’lum bo‘lishicha, ayol o‘lganlar ro‘yxatiga xatolik tufayli qo‘shilgan. Uni ro‘yxatda chiqarishga bir necha bor urinishgan. 2019 yilda hatto ma’muriyatga qarshi federal da’vo qo‘zg‘atildi, ammo hozirgacha ham hech qanday natija yo‘q.
Karten bir necha bor qiyinchiliklarga duch keldi: unga ipoteka berishdan bosh tortishdi, ishdan bo‘shatishdi, mashinasini musodara qilishdi va hatto ovoz berish huquqidan mahrum qilishdi.