Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Amerika Xitoy gigantlari uchun o‘z bozorini yopyaptimi?

Amerika Xitoy gigantlari uchun o‘z bozorini yopyaptimi?

AQSh Senati xorijiy kompaniyalardan shaffoflik va hisobot standartlariga rioya qilishni talab qiladigan qonun loyihasini bir ovozdan ma’qulladi. Hujjat Amerika birjalarida Xitoy kompaniyalarining, xususan, Alibaba va Baidu gigantlarining ishtirokini cheklashi mumkin.

Qonun loyihasini respublikachi senator Jon Kennedi va demokrat Kris van Hollen ishlab chiqdi. Hujjat hali Vakillar palatasi, keyin esa AQSh prezidenti tomonidan ma’qullanishi kerak.

Qonun loyihasiga ko‘ra, kompaniya Qo‘shma Shtatlarda ro‘yxatga olinishi uchun u hukumatlar tomonidan ularga tegishli emasliklarini yoki ular tomonidan nazorat qilinmasligini isbotlashlari yoxud AQSh jamoat kompaniyalarining moliyaviy javobgarliklari bo‘yicha Kuzatuv kengashi (PCAOB)dan kamida uch yil ketma-ket hisobotlarini auditdan o‘tkazishi kerak. Aks holda, ularga AQSh birjalarida ro‘yxatdan o‘tish taqiqlanadi va AQShda allaqachon savdo qilayotganlar ularni tark etishga majbur bo‘ladi.

Hozir Xitoy kompaniyalari Amerika kompaniyalariga nisbatan qo‘llaniladigan qoidalarga amal qilmaydilar, bu sarmoyadorlar uchun xavflarni oshiradi, deb yozadi loyiha mualliflari. Xitoy hukumati Xitoy va Gonkongda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar uchun PCAOB tekshiruvlariga ruxsat bermaydi.

Hozir AQShda umumiy qiymati $1,2 trln. bo‘lgan 150 dan ortiq Xitoy kompaniyalarining aksiyalari bilan muomala qilinadi. 2014 yilda Nyu-York fond birjasida o‘tkazilgan Alibaba Group'ning IPO'si birja tarixidagi eng yirigi bo‘lgan edi.

Kiritildi: 05:00 23.05.2020. O'qildi: 2575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!