Bugun 19 avgust, 2022 yil, juma

КИР

Amerika urushni o‘rganish instituti: Rossiya harbiylari Lisichanskni o‘rab olishga harakat qilishda davom etmoqda, Rossiyada iqtisodiyotning yashirin safarbarligi boshlandi

Amerika urushni o‘rganish instituti: Rossiya harbiylari Lisichanskni o‘rab olishga harakat qilishda davom etmoqda, Rossiyada iqtisodiyotning yashirin safarbarligi boshlandi

Urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika instituti o‘zining kundalik hisobotida Rossiyada iqtisodiyotning yashirin mobilizasiyasi va Donbass mintaqasidagi janglar haqida yozdi. 1 iyul uchun asosiy xulosalar:

— Kreml Ukrainadagi uzoq davom etadigan urushga tayyorgarlik ko‘rish uchun Rossiya iqtisodiyotini safarbar qilish shart-sharoitlarini tayyorlamoqda, deb yozadi tashkilot ekspertlari. Ularda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni armiya va maxsus xizmatlar manfaatlarini ko‘zlab davlat buyurtmalarini olishga, xodimlarga esa tungi vaqtda ishlashga majburlash imkonini beruvchi qonun loyihalari haqida so‘z boradi. "Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya iqtisodiyoti va sanoatini davom etayotgan jangovar harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun safarbar qilishi mumkin, ammo fuqarolarni keng miqyosda safarbar qilish uchun hali bunga o‘xshash choralar ko‘rilmagan", deyiladi xulosada;

Rossiya hukumati Zaporojye atom elektr stansiyasini (AES) to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya elektr tarmog‘iga integrasiya qilishni rejalashtirayotgan ko‘rinadi, bu esa Rossiyaning Zaporojye AES Ukrainaga elektr energiyasini sotishi haqidagi avvalgi da’volariga zid keladi. Hisobot mualliflarining taxmin qilishicha, Rossiya kuchlari hozirda Ukraina energetikasining Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishini ta’minlash uchun elektr uzatish liniyalariga jismoniy kirishga intilmoqda;

Rossiya qo‘shinlari Lisichanskni o‘rab olishga urinishlarini davom ettirdilar va shaharning janubi va janubi-g‘arbiy qismida hujum amaliyotlarini o‘tkazdilar;

Rossiya qo‘shinlari Slavyansk shimolida hujumlar o‘tkazmadi va asosiy e’tiborni o‘zlarining taktik pozisiyalarini qayta to‘plash va yaxshilashga qaratdilar. Ular, shuningdek, Xarkov viloyati shimolida quruqlikdan hujumlar o‘tkazmadi, balki Xarkov shimolidagi Ukraina pozisiyalarini o‘qqa tutishda davom etdi;

Rossiya hukumati Ukrainadagi jangovar harakatlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan chaqiruvlar zaxirasini kengaytirishda davom etmoqda.

Kiritildi: 13:34 02.07.2022. O'qildi: 3635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!