Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Amyel: Fransiya Amerika videokonferensiya xizmatlaridan voz kechmoqchi

Amyel: Fransiya Amerika videokonferensiya xizmatlaridan voz kechmoqchi

Fransiya 2027 yilga qadar Amerikaga tegishli videokonferensiya servislaridan voz kechishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Fransiya hukumatida raqamli masalalar bo‘yicha vazir-delegat David Amyel La Tribune Dimanche nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Biz Teams va Zoom’ga bog‘lanib qoldik. Shuning uchun har qanday sharoitda aloqalarimiz xavfsizligini ta’minlash uchun hukumat ushbu platformalardan voz kechishi kerak», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2027 yilga qadar Fransiya davlat ma’muriyatining barcha tuzilmalarida Visio nomli mahalliy videokonferensiya yechimi joriy etiladi.

Kiritildi: 23:40 25.01.2026. O'qildi: 195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!